Toshkentdagi maktabda forma sotib olish bo‘yicha majburlov prokuraturaning emas, direktorning ishi bo‘lib chiqdi

Toshkentdagi maktabda forma sotib olish bo‘yicha majburlov prokuraturaning emas, direktorning ishi bo‘lib chiqdi

Kecha, 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi maktablarning birida maktab formasi sotib olinishi shartligi bo‘yicha prokuratura xodimlari tilxat yozdirganligi haqidagi xabar tarqalgan edi.

Ayni paytda bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur xabarni o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishda, Chilonzor tumanidagi maktablarning birida forma sotib olish bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan hech qanday tavsiya berilmaganligi va tilxat olinmaganligi, aslida bu maktab direktorining shaxsiy tashabbusi ekanligi, biroq bu jarayonga yolg‘ondan prokuraturani aralashtirganligi aniqlangan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmaslik haqida maktab direktori rasman ogohlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27 iyul kuni AOKAda "2022-2023 o‘quv yilida yagona maktab formasi joriy etilishi" yuzasidan o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov "Yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etib boriladi. Ya’ni yangi o‘quv yili - 2022 yil sentyabr oyidan boshlab ota-onalar yagona maktab formasini xarid qilishga majburiy talab qo‘yilmaydi". - deb ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!