Toshkentdagi "Chorsu" bozori direktor o‘rinbosari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Toshkentdagi "Chorsu" bozori direktor o‘rinbosari jinoyat ustida qo‘lga olindi

2022 yil 7 mart kuni Toshkent shahar IIBBga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda «Eski-Jo‘va dehqon bozori» AJ direktori o‘rinbosari bozor hududidan savdo joyini ajratib berishi uchun 300 AQSh dollari berishini talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Toshkent shahar IIBB JKB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, «Eski-Jo‘va dehqon bozori» AJ direktorining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari shu bozorda quruq meva pavilyoni sotuvchisi orqali ariza muallifidan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan 2022 yil 8 mart kuni Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!