Toshkentda yana bir xususiy universitet ochilishi mumkin

Toshkentda yana bir xususiy universitet ochilishi mumkin

Toshkentda «Diplomat university» nomli xususiy universitet ochilishi mumkin. Bu haqda tegishli hukumat qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi, deb yozadi "gazeta.uz".

Universitetda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, yurisprudensiya va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi.

Universitetda o‘qish kredit tizimida, ta’limning kunduzgi, onlyn va kechki shakllarida, o‘zbek, ingliz va boshqa tillarda tashkil etiladi.

Qarorda fuqaro Dilshod Saydamenov ta’sischiligidagi «Diplomat university» 2022 yil 1 avgustga qadar barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan.

«Diplomat university» Mirobod tumani, Matbuotchilar, Sayilgoh va Ota Turk ko‘chalari kesishmasida joylashishi rejalashtirilgan.

Bloger Bankiroff e’tibor berishicha, bu manzilda joylashgan va bo‘sh binolar orasida faqat DXXning sobiq markaziy binosi joylashgan. Bino prezident farmoniga asosan sotuvga qo‘yilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!