Toshkentda uylar devorida narkotik moddalar reklamasini qoldirganlar aniqlandi

Toshkentda uylar devorida narkotik moddalar reklamasini qoldirganlar aniqlandi

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani “Bo‘z” mahallasidagi bir nechta uylar devorlarida giyohvandlik vositalari reklamasi paydo bo‘lgan. Tekshiruv natijasida mazkur yozuvlarni 18 yoshli B.I. va 21 yoshli I.V. qoldirgani aniqlandi.

Suhbat davomida B.I. joriy yilning mart oyida obuna bo‘lgan Telegram-kanalda ish haqidagi e’lonni ko‘rib, noma’lum shaxs bilan telefon orqali bog‘lanib, undan haq evaziga uylarning devorlarida qoldirish kerak bo‘lgan yozuv matnini olgan va devorlarga yozib chiqishgan. Hozirda tekshiruv ishlari davom etmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!