Toshkentda tuman sudyasi pora olayotgan vaqtida ushlandi

Toshkentda tuman sudyasi pora olayotgan vaqtida ushlandi


Toshkentda tuman sudyasi firibgarlik va poraxo‘rlikda gumonlanmoqda, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi pora olayotgan vaqtida ushlangan.

Sudyalar kengashi hibsga olingan shaxsning vakolatlarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Pora miqdori va boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.

Sudyaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!