Toshkentda radarlar bir kechada 600 dan ortiq tezlikni oshirish holatlarini qayd etdi

Toshkentda radarlar bir kechada 600 dan ortiq tezlikni oshirish holatlarini qayd etdi

7 sentyabrdan 10 oktyabrgacha bo‘lgan davrda Toshkentdagi radarlar haydovchilar tomonidan tezlik rejimining buzilishi bilan bog‘liq 35 166 ta holatni qayd etdi, deb xabar beradiToshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

8 dan 9 oktyabrga o‘tar kechasi tezlikni oshirish bilan bog‘liq 484 ta, 9 dan 10 oktyabrga o‘tar tunda esa 603 ta holat qayd etilgan.

Masalan, radarlar Toshkent halqa avtomobil yo‘lida Olmazor tumanida tezlikni ruxsat etilgan darajadan oshirgan 107 ta, Sergeli tumanida esa 108 ta avtomobilni qayd etgan.

Ta’kidlanishicha, bugun, 10 oktyabr kuni shaharning sakkizta nuqtasiga radarlar o‘rnatildi. Ular Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalarga, jumladan, Shota Rustaveli ko‘chasiga ham o‘rnatildi.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!