Toshkentda «Orlando» avtomashinasida yong‘in chiqdi

Toshkentda «Orlando» avtomashinasida yong‘in chiqdi

Joriy yilning 26 fevral kuni taxminan soat 08:15 larda Uchtepa tumani KHAY ko‘chasi 16-uy qarshisida harakatlanib ketayotgan 2004 yilda tug‘ilgan M.O. boshqaruvidagi «Orlando» rusumli avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, avtomobilning motor qismida elektr simlari qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazish hamda belgilangan qoidalarga rioya qilish so‘ralgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!