Toshkentda “MALIBU-2”ni yoqib yuborgan zo‘ravonlarga hukm o‘qildi

Toshkentda “MALIBU-2”ni yoqib yuborgan zo‘ravonlarga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi S.Abdug‘aniyevning raisligida o‘zganing mulkiga qasddan zarar yetkazgan Sardor Boliyev va Shuxrat Jasurovga (ism shariflari o‘zgartirilgan) nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi Sanjar Abdug‘aniyev "Aniq.uz"ga xabar berdi.

Sudlangan Sardor Boliyev 2020 yil 24 fevral kuni tanishi Shuxrat Jasurov bilan bir guruh shaxs bo‘lib, o‘zganing mulkiga qasddan zarar yetkazish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumanida turgan Arslon Toirovga tegishli “MALIBU-2” rusumli avtotransport vositasini o‘zlari bilan olib kelgan benzin bilan yoqib yuborib, voqea joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi X.Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazining xulosasiga ko‘ra, “MALIBU-2” rusumli avtotransport vositasida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chog‘i uning salon qismida bo‘lganligi, ushbu yong‘in tashqi yong‘in manbaining neft mahsuloti benzin bilan ta’sirlanishi natijasida kelib chiqqanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

“BUSINESS STANDART” MCHJ tomonidan sudga berilgan baholash xulosasiga ko‘ra, mazkur “MALIBU-2” rusumli avtotransport vositasiga 281.903.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Sudlanuvchilar sud majlisida,  jabrlanuvchi unga qo‘ng‘iroq qilib, onasini haqorat qilganligi uchun u bilan janjallashib qolishgani, ushbu haqoratga chiday olmasdan jahl ustida ushbu jinoyatni sodir qilishgani, qilmishlaridan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirib, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararni qisqa muddatda to‘liq qoplab berishlarini aytib, yengillik berishni so‘rab ko‘rsatuvlar berishdi.

Sud, sudlanuvchilar, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini hamda tomonlarning fikrini tinglab, ish materiallarini atroflicha taftish qilib, yig‘ilgan dalillarga tegishlicha yuridik baho bergan holda sudlanuvchi Sardor Boliyev va Shuxrat Jasurovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 173-moddasi 2-qismining “b, v” bandilarda nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topib, sudlanuvchilarga shu moddaga asosan ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!