Toshkentda "Lacetti" yuk avtomobilining orqasiga urildi. Haydovchi o‘ldi

Toshkentda "Lacetti" yuk avtomobilining orqasiga urildi. Haydovchi o‘ldi

Joriy yilning 10 iyun kuni soat 22:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, KXAY hamda Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan F.E. "Lacetti" rusumli avtomobilni boshqarayotib o‘zidan oldinda, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilib YTH sodir etgan.

Natijada, "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi F.E. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!