Toshkentda "Lacetti" va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda "Lacetti" va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 18 oktyabr kuni tonggi soat 06:30 larda, "4-Avtobus saroyi" haydovchisi K.F "Mersedes-Bens LF" rusumli, saroy raqami 31 bo‘lgan avtobusni 122-yo‘nalishda Choshtepa ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtida, qayrilib olish jarayonida "Lacetti" rusumli yengil avtomobil avtobusning orqa qismiga kelib urilgan.

To‘qnashuv natijasida "Lacetti" rusumli yengil avtomobil haydovchisi tan jarohati olgan hamda shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "Lacetti" rusumli yengil avtomobil haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan. Shu sababli boshqaruvni yo‘qotib avtobusga urilgan.

Hozirgi kunda mazkur yo‘l-transport hodisasi o‘rnatilgan tartibda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan. Shu bilan birga, "Toshshahartransxizmat" AJ mutasaddi xodimlari tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!