Toshkentda kelin qaynotasining 25 ming dollarini o‘g‘irladi

Toshkentda kelin qaynotasining 25 ming dollarini o‘g‘irladi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida o‘z qaynotasining yotog‘idan 25 ming AQSh dollarini o‘g‘irlagan kelin qo‘lga olindi.

Noma’lum shaxs Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi E.B.ning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, yotoqxonasidan 25.000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan deb xabar beryapti IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni jabrlanuvchining kelini E.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Manba: uznews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!