Toshkentda homilador ayol va IIO xodimlari o‘rtasida mojaro: ayolga qarshi ish ochildi

Toshkentda homilador ayol va IIO xodimlari o‘rtasida mojaro: ayolga qarshi ish ochildi

Ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda ikki nafar ayol IIO xodimlari bilan janjallashayotganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Joriy yilning 31 may kuni Olmazor tumani Qoraqamish dahasidagi maxsus chiqindi tashlash punktida vaqtincha yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan Sayodxon Z. mast holatda bo‘la turib (tibbiy ma’lumotda o‘rtacha holatdagi alkogol mastlik holati qayd etilgan) o‘zining turmush o‘rtog‘i Ozod M. bilan janjallashgan va 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, homilador ekanligini, homilasidan havotirlanayotganligini ma’lum qilgan. Sayyodxon Z. soat 00.05larda o‘zining 1 yoshli farzandi va jiyani voyaga yetmagan Ruzigul Z. bilan birga tez tibbiy yordam mashinasida Olmazor tumanidagi 3-sonli tug‘ruqxonaga olib kelingan. Sayyodxon Z. tekshirilganda homilaning ahvoli yaxshi ekanligi sababli uyiga ketishiga ruxsat berilgan. So‘ng Sayyodxon Z. va jiyani Ruzigul R. tug‘ruqxona hududida qorovul bilan janjal ko‘targan. Buni ko‘rgan fuqarolar 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu janjal haqida xabar berishgan. Hodisa joyiga yetib kelgan profilaktika inspektorlari va PPX xodimlari, janjallashayotgan Sayyodxon Z. (videotasvirda qo‘lida bolasi bor bo‘lgan) va Ruzigul R.larni tinchlantirishga harakat qilishgan. Biroq ular ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketishgan. Voqeaning guvohi bo‘lgan Sayyodxon Z.ning yaqinlari va boshqa fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlariga yordam berish maqsadida ushbu ayollarni tinchlantirishga harakat qilishgan, Sayyodxon Z. qo‘lidagi farzandini tushirib yubormasligi uchun, fuqarolar uning qo‘lidan farzandini olishgan. Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar Olmazor tumani 6-sonli IIBga olib kelingan.

Sayyodxon Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun sudga taqdim etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!