Toshkentda "Hizb ut-Tahrir" a’zolari ushlandi

Toshkentda "Hizb ut-Tahrir" a’zolari ushlandi

Ulardan biri ko‘plab tanishlarini o‘z safiga a’zo bo‘lishga da’vat qilib, internet orqali ekstremistik mazmundagi audio va video materiallarni tarqatib kelgan.

IIV bu haqda xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Olmazor va Shayxontoxur tumanlarida istiqomat qiluvchi "Hizb ut-Tahrir" ekstremistik tashkiloti a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi.

"Ushbu jinoiy guruhning faol a’zosi bo‘lgan "I.A" 10 nafardan ortiq sinfdoshlarini "Telegram" ilovasida tashkil qilgan "Choyxona" va "Iymonlashaylik" nomli virtual guruhlarga qo‘shib, taqiqlangan materiallarni tarqatib kelgan. Shuningdek, "I.A." yaqinlari va ko‘plab tanishlarini "tahrirchilar" safiga a’zo bo‘lishga da’vat qilib, Internet orqali ekstremistik mazmundagi audio va video materiallarni tarqatib kelgan",-deyiladi xabarda.

O‘z navbatida guruh a’zolari mazkur materiallar bilan tanishib, "Hizb ut-Tahrir" DET faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelishgan.

Xabar qilinishicha, mazkur jinoiy guruhning faoliyati ayni paytda Polshada yashirinib kelayotgan "Hizb ut-Tahrir" DETning g‘oyaviy yetakchilaridan biri bo‘lgan, O‘zbekiston va xorijdagi o‘zbeklarning radikallashuviga hamda jinoyatchiga aylanib qolishlariga sababchi bo‘layotgan “Mahmud Abdulmo‘min” taxallusli 1980 yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, mazkur davlat fuqarosi va sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich tomonidan boshqarilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!