Yadroviy sinovlar qayta boshlansa “nazoratdan chiqish xavfi bor” — BMT ogohlantirdi

Yadroviy sinovlar qayta boshlansa “nazoratdan chiqish xavfi bor” — BMT ogohlantirdi

Yadroviy sinovlarni har tomonlama taqiqlash shartnomasi tashkiloti rahbari Robert Floyd jahon bo‘ylab yadroviy sinovlar qayta boshlanishi mumkinligidan jiddiy xavotir bildirdi.

Uning aytishicha, agar Donald Tramp boshchiligidagi AQSH, Rossiya yoki boshqa yadroviy davlatlar sinovlarni qayta boshlasa, bu “nazorat qilib bo‘lmaydigan zinapoya”ni ishga tushirib, global xavfni kuchaytiradi.

Floyd ta’kidlashicha, 1996 yilda yadroviy sinovlarni to‘liq taqiqlash kelishuvi ochilgandan beri sinovlar keskin kamaygan: avval 2000 dan ortiq sinov o‘tkazilgan bo‘lsa, keyingi davrda 10 dan kam holat qayd etilgan, ularning bir qismi Shimoliy Koreyaga tegishli.

2025 yil oktyabr oxirida Tramp harbiylarga boshqa davlatlar bilan “tenglikni saqlash” uchun yadroviy sinovlarga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgan. Keyinroq AQSh Energetika vazirligi bu qaror yer osti yadroviy portlashlarni anglatmasligini tushuntirgan.

Rossiya esa o‘z navbatida hozircha sinovlarni qayta boshlamasligini, ammo AQSh shunday qadam qo‘ysa, “teng javob” qaytarishini bildirgan. Kreml shu bilan birga yadroviy sinovlarni to‘liq taqiqlash tarafdori ekanini ham ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

💴 Adliya vazirligi O‘zbekistondagi pensiya va nafaqalar miqdorini eslatdi

Пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори эса 504 минг сўмни ташкил этмоқда

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.