Toshkentda firibgar tanishining po‘li to‘lanmagan avtomashinasini sotib yubordi

Toshkentda firibgar tanishining po‘li to‘lanmagan avtomashinasini sotib yubordi

2019 yil 18 aprel kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 9 mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 29 yoshli N.J. Sergeli 6-dahada joylashgan xalq tilidagi avtomashinalar bozori hududida tanishi, Olmazor tumanida yashovchi 34 yoshli A.H.ga tegishli bo‘lgan Malibu-2 rusumli avtomashinani 56 500 AQSh dollariga sotib olishlikni kelishib, oldindan pulning 3 900 AQSh dollarini berib, qolgan pulni oyma-oy to‘lashni va’da qilib, avtomashinani olib ketib, pulning qolgan qismini bermasdan ushbu avtomashinani Uchtepa tumanida yashovchi 33 yoshli A.YU.ga 25 900 AQSh dollariga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, N.J. ushlangan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!