Toshkentda Fasten taksi xizmati ishga tushdi

Toshkentda Fasten taksi xizmati ishga tushdi



Ilovada siz asosiy tarifdagi sayohatlar uchun tejamkor narxlarni, turli darajadagi qulaylik va yorqin brending variantlarini topishingiz mumkin.

Yangi xizmat faol hayot tarzini olib boradigan yosh toshkentliklarning auditoriyasiga qaratilgan.

Toshkentda sayohatlarga buyurtma berishning yangi onlayn xizmati Fasten ishga tushdi. Ilova to‘rtta tarifni taqdim etadi: Fasten - kundalik qisqa yo‘nalishlar uchun tejamkor variant, uzoqroq va qulayroq sayohatlar uchun Upper va Extra va muhim uchrashuvlar uchun boshqaruv avtomobillari bilan Max.
Fasten boshlang‘ich tarifida sayohat narxi 3500 so‘mdan boshlanadi.

Yangi xizmatdan foydalanish uchun App Store yoki Google Play'dan Fasten mobil ilovasini bepul yuklab olishingiz va unda ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Sayohatga buyurtma berish uchun manzil joyini va tegishli tarifni ko‘rsatasiz. Ilova sizga mashina qachon kelishi va uni qanday topish mumkinligini aytib beradi. Ilovaga bog‘langan karta yordamida yoki naqd pulda sayohatlar uchun to‘lashingiz mumkin.

Fasten – «Yandeks»ning loyihalaridan biri bo‘lib, kompaniya yorqin dizayni bilan O‘zbekistonga yangilik bilan yosh auditoriyani jalb qilishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!