Toshkentda Yevropadan keltirilgan 200ta daraxtni ekish boshlandi

Toshkentda Yevropadan keltirilgan 200ta daraxtni ekish boshlandi

Poytaxt Assalom Havo turar-joy majmuasi bilan obodonlashtirilmoqda.

Kuzning boshida Yangi Zamon Bino kompaniyasi Assalom turar-joy majmualarini obodonlashtirish uchun daraxt sotib olishlari haqida e’lon qilgan edi. Bugun, 20 noyabr kuni esa ertalab mutaxassislar ishga kirishdilar.

E’tiborlisi, yangi uylar turuvchilarini quvontirib turadigan daraxtlar Italiya va Turkiyada sotib olingan.

200 dan ortiq chinor, jo‘ka, shumtol va lola daraxtlaridan iborat o‘simliklarning birinchi partiyasi poytaxtning Yashnobod tumanidagi Assalom Havo turar-joy majmuasida ekiladi. Sentyabr oyida rejalashtirilganidek, daraxtlar 10-15 yoshda.

«Bu nafaqat kompensasion ekishlar, balki loyihaning oldindan rejalashtirilgan bajarilishini hamdir. Odatda biz normativga muvofiq bo‘lganidan ko‘prog‘ini qilamiz. Masalan, biz «Fargona yo‘li» ko‘chasida «Yashil Makon» aksiyasi doirasida daraxt ekkanimizda ham shunday qildik»

Ekish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari ham qatnashdilar.

«Ayni paytda Yangi Zamon Bino vakillari 200 dan ortiq mevali daraxtlarni olib kelishgan va hozirda ularni ekish bilan shug‘ullanmoqdalar»,

– Yashnobod tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Kocharov Behruz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!