Toshkentda ayollar 18 nafar fuqaroni chuv tushirishdi

Toshkentda ayollar 18 nafar fuqaroni chuv tushirishdi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan tumandagi elektr ta’minoti korxonasi xodimalari F.M. hamda N.S.larning o‘zaro til biriktirib, PK Elektrohisob elektron dasturi orqali Chilonzor tumanida yashovchi fuqarolar B.Asqarov va boshqalarning (jami 18 nafar) elektr energiya sarfi uchun to‘lagan jami 11.559.500 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini boshqa fuqarolarning hisob raqamlariga o‘tkazib talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2010 yil 31 iyul kuni 2127-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan Elektr energiya sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida gi Nizomning 44-bandiga zid ravishda iste’molchilar hisob raqamidagi pul mablag‘larini boshqa hisob raqamga o‘tkazilgan.

Qilmish qidirmish deyishadi, bu kabi holatlarning ayol xodimlar tomonidan sodir etilishi kishini taajjubga soladi.

Hozirda, tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimalari F.M. va S.N.ga nisbatan JKning 167-moddasi 2-qismi b,v bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!