Toshkentda avtobus yonib ketdi

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Bugun, 10 oktyabr kuni Toshkent shahrida Mercedes-Benz Low Floor rusumli avtobus yonib ketdi. U “Chinni bozor – Qoraqamish 2/4” oralig‘ida qatnovchi 87-yo‘nalishdagi avtobus edi.
 
Transport vositasi “18-avtobus saroyi” MCHJga qarashli bo‘lgan. Yong‘in soat 14:52 da Uchtepa tumanining Ko‘kcha Darvoza ko‘chasida kelib chiqqan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 15:01 da bartaraf etilgan.
 
Yong‘in natijasida avtobusning motori joylashgan qismi zarar ko‘rgan. Haydovchi va yo‘lovchilar jabrlanmagan. Yong‘in avtobusning yoqilg‘i tizimidagi nosozlik sabab kelib chiqqani taxmin qilinyapti.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!