Toshkentda 9 may kuni bayram salyuti otiladi

Toshkentda 9 may kuni bayram salyuti otiladi

9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab Toshkent shahrida bayram salyuti otilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot kotibi AOKAda o‘tkazilgan brifingda xabar qildi.

Qayd etilishicha, vazirlik tomonidan sana munosabati bilan frontdan kelgan maktublarni jamlagan «Askar maktublari» hamda «Vatan fidoyilari» kitoblarining nusxalari tayyorlangan bo‘lib, ularni bayram arafasida nashrdan chiqarish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasida , «Vatan uchun jon fido qilganlar yodi mangu barhayot» nomli ekspozisiya yaratilgan. Mazkur ekspozisiya orqali Ikkinchi jahon urushida bir oilaning ikki va undan ortiq qatnashgan farzandlari yod etiladi.

Ma’lum qilinishicha, bayram salyuti poytaxtimizda 9—may kuni soat 21:00 atrofida tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!