Toshkentda 462 mln so‘m qarzi bor fuqaroning mashinasi xatlandi

Toshkentda 462 mln so‘m qarzi bor fuqaroning mashinasi xatlandi

Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor J.T.dan qarz undirish bilan bog‘liq bo‘lgan 462 million 235 ming 687 so‘mlik ijro jami 210 ta hujjatlar kelib tushgan.

Ushbu hujjatlarning 208 tasi 91 million 969 ming so‘mlik Toshkent shahar IIB YHXBning qarorlariga asosan kelib tushgan ma’muriy jarimalarni tashkil qilsa, bittasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining bank foydasiga 359 million 340 ming so‘mlik kredit qarzdorligini undirish haqidagi hujjat hamda bittasi bir nafar voyaga yetmagan farzandlariga aliment undirish bilan bog‘liq bo‘lgan ijro hujjatlari hisoblanadi.

Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritilib, qarzdorga ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun 15 kunlik muddat berilgan.

Mazkur qarzdorliklar qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘lanmagani sababli bo‘lim davlat ijrochisining olib borgan ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan Kia K5 rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!