Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 26 sentyabr kuni soat 16:40 larda Toshkent shahar Mirobod tumani Nukus ko‘chasida, bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 4 nafar haydovchilarning mashinasi bir-biriga urilib, avariya sodir bo‘lgan.

Ushbu yo‘l transport hodisasida 26 yoshli yigit boshqaruvidagi “Toyota”, 24 yoshli yigit boshqaruvidagi “Nexia-1”, 36 yoshli erkak boshqaruvidagi "Spark" va 22 yoshli yigit boshqaruvidagi "Labo" rusumli transport vositalari bir-biriga urilgan.

Hodisa natijasida "Spark" haydovchisi hamda "Labo" haydovchisi tan jarohati olgan. Ularga tez tibbiy yordam xodimlari kelib birinchi yordam ko‘rsatishgan.

Shuningdek, barcha avtomobillar zararlangan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!