Toshkentda 4 nafar shaxs jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi

Toshkentda 4 nafar shaxs jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik), 168-moddasi 4-qismi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

1. 1980 y.t. Narmirzayev Bunyod Taxirovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
2. 1991 y.t. Xatamov Sanjar Ravshan o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
3. 1964 y.t. Qurbanov Shukurali Xaydaraliyevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi, juda ko‘p miqdorda firibgarlik);
4. 1971 y.t. Shukurov Ramzes Fikrat o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasini o‘tkazish).

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!