Toshkentda 34 yoshli erkak 26 ming AQSh dollaridan ayrildi

Toshkentda 34 yoshli erkak 26 ming AQSh dollaridan ayrildi

Yunusobod tumani IIO FMBga 34 yoshli Muhammadsodiq X. murojaat qildi. Uning xabar berishicha, 2017 yil may oyida o‘zini Mirdavron deb va fermer xo‘jaligi rahbari sifatida tanishtirgan yigit Xitoydan 200 to‘plam mobil terminallar olib kelishini va’da qilgan.

Ularni xarid qilish uchun Muhammadsodiq 26 ming AQSh dollari bergan. Ammo Mirdavron terminallarni ham, pullarni ham bermagan. Shu bois arizachi Mirdavronga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.

Ichki ishlar organlari xodimlari Mirdavronning shaxsini aniqladilar. Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli Mirdavron pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!