Toshkentda 24 aprel kuni navbatdagi "Avtomobilsiz kun" tadbiri o‘tkaziladi

Toshkentda 24 aprel kuni navbatdagi "Avtomobilsiz kun" tadbiri o‘tkaziladi

Asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratishdir.

Aksiya doirasida Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va viloyat ijro hokimiyati organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transporti, velosiped va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanishadi.

Ekologiya vazirligi barchani "Avtomobilsiz kun"ga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!