Toshkentda 200 000 AQSh dollarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

Toshkentda 200 000 AQSh dollarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joriy yil 20 iyun kuni Toshkent shahar IIBB JQBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, unda 2018 yil 9 aprel kuni Yunusobod tumanida yashovchi42 yoshli O.M. Muhandislar ko‘chasida joylashgan “Sanoat Qurilish Industriya” MCHJ balansida bo‘lgan 6-qavatli binoning oldida Yunusobod tumanida yashovchi 64 yoshli R.G.ga ushbu binoni unga sotishni aytib, boshlang‘ich to‘lov uchun 200000 AQSh dollarini olib binoni boshqa shaxslarga sotib yuborib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan. O.M. ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!