Toshkentda 20 yoshli “Malibu” haydovchisi 2 ta «Lacetti»ga urilib, ag‘darilib ketdi

Toshkentda 20 yoshli “Malibu” haydovchisi 2 ta «Lacetti»ga urilib, ag‘darilib ketdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 20 yoshli fuqaro boshqaruvidagi «Malibu» 2 ta «Lacetti»ga urilib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 13 yanvar kuni soat 10:00 larda Yunusobod tumani, Sharof Rashidov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi (2000 yilda tug‘ilgan) B.M. «Malibu» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan 1989 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi «Lacetti» va 1988 yilda tug‘ilgan A.YU. boshqaruvidagi yana bir «Lacetti» rusumli transport vositalariga urilib, «Malibu» avtomobili ag‘darilgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!