Toshkent shahri. Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan voyaga etmagan 17 yoshli Abdulaziz J.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (Bezorilik, ya’ni sovuq qurolni namoyish qilib, uni qo‘llab) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yilning 04 aprel kuni soat 19:00 larda Abdulaziz J., Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Mir Cinema” do‘koni oldida bo‘la turib, shu yerda bo‘lgan voyaga etmagan 17 yoshli Sultonxo‘ja A., bilan hech bir sababsiz janjallashib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan badanining turli joylariga urib tan jarohat yetkazgan.
TTA-2 kilinik shifoxonasining tibbiy ma’lumotida Sultonxo‘ja A.,da “qorin old, ikkala kurak, chap bel sohasi, ikkala son tashqi yuzasi va o‘ng dumba qismida kesilgan” jarohatlari ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu janjalning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.
Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.
Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.
Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.