Toshkentda 12 yoshli qizning jasadi topilgan tashlandiq hudud obodonlashtiriladi

Toshkentda 12 yoshli qizning jasadi topilgan tashlandiq hudud obodonlashtiriladi

Joriy yil 31 yanvar kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topilgandi. Bosh prokuratura uning vafotida 29 yoshli erkakni gumondor deb topib, qo‘lga oldi. Marhumaning oila a’zolari qotillik yuz bergan mahallaning ko‘chalari yoritilmasligi, yolg‘izoyoq ko‘chalar ham ko‘pligi, qolaversa, yo‘llarda kameralar yo‘qligi haqida e’tiroz ham bildirgandi.

Tuman hokimligi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, qizchaning jasadi topilgan tashlandiq maydon hozirda tozalanib, obodonlashtirish ishlari boshlandi.

Hozir tumandagi 12-avtobus saroyi hududidan boshlab tashlandiq dala maydonigacha tozalash, obodonlashtirish ishlari ketmoqda. Daraxtlarning ortiqcha shoxlari olinib, yo‘llar ochiladi, chiroqlar o‘rnatiladi, deyiladi xabarda.

Keltirilishicha, fevral oyida "Ochiq budjet" loyihasi doirasida kameralar o‘rnatish bo‘yicha tashabbus kiritiladi.

Adliya vaziri maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatova ushbu joyga kichkina yodgorlik o‘rnatishni taklif qildi.

"Men ushbu joyga kichkina yodgorlik o‘rnatishni taklif qilaman — bir tup atirgul butasida ochilmay turgan g‘uncha timsoli aks etgan. Muslimani unutmasligimiz uchun, bunday fojianing takrorlanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz uchun", - dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!