Toshkentda 100 million dollar investisiya hisobiga "Singapur ta’lim shahri" quriladi

Toshkentda 100 million dollar investisiya hisobiga "Singapur ta’lim shahri" quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Singapurning Kinder World International Group kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi uchta memorandum imzolandi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.

Memorandumlar O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’lim tizimini isloh qilishga kompleks ko‘maklashish maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lib, Toshkentdagi o‘quv muassasalarida Singapur ta’lim tizimini faol joriy etishni nazarda tutadi.

O‘zaro kelishuvga muvofiq, Kinder World International Grour bilan hamkorlikda Toshkentda 50 gektar maydonda 100 million AQSh dollari miqdoridagi investisiya hisobiga "Singapur ta’lim shahri" qurilishi loyihasi amalga oshiriladi. Qo‘shma loyihalarning yana biri, poytaxtda maktabgacha ta’lim muassasasini qurishni nazarda tutgan. Unga ko‘ra, 1 gektar maydonda 600 nafar bolaga mo‘ljallangan bolalar bog‘chasi barpo qilinadi. Buning uchun Kinder World International Grour kompaniyasi tomonidan 6 million AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya kiritiladi. Xalqaro maktabni qurish bo‘yicha loyihaga esa 20 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritish belgilangan. Buning uchun shahrimizda 5 gektar yer maydoni ajratiladi va unda 2 000 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv maskani bunyod etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!