“Toshkent yo‘lbarsi”: afsonaviy o‘zbek bokschisi Rufat Risqiyev 72 yoshga to‘ldi

“Toshkent yo‘lbarsi”: afsonaviy o‘zbek bokschisi Rufat Risqiyev 72 yoshga to‘ldi

O‘zbek va jahon boksining afsonalaridan biri, “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan dong taratgan Rufat Risqiyev bugun 72 yoshga to‘ldi.

Rufat Asadovich Risqiyev 1949 yil 2 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. 1974 yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek bokschisi bo‘lib tarixda qoldi. Shuningdek, Rufat Asadovich 1976 yilgi Olimpiya o‘yinlari finalchisi ham ekani yaxshi ma’lum. 2019 yildan e’tiboran boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrinini topshirish joriy etildi.

Rufat Asadovich o‘zbek boksiga tamal toshini qo‘ygan insonlardan biri hisoblanadi.

Rufat Risqiyevning ko‘p yillik mehnatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan bo‘lib, o‘tgan yil yili prezident tomonidan “Do‘stlik” ordeni taqdim etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!