Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniya fuqarolik pasportini noqonuniy qo‘lga kiritganlar ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniya fuqarolik pasportini noqonuniy qo‘lga kiritganlar ushlandi

Joriy yilning 5 avgust kuni yo‘lovchilar orasida pasport tekshiruvi o‘tkazilayotgan paytda «Toshkent-London» yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi NU-201 reysi bo‘yicha «Islom Karimov» Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniya fuqarolari pasportini taqdim etgan yetti nafar yo‘lovchi reysdan olib chiqilgan.

Tekshiruv chog‘ida parvozdan to‘xtatilgan yo‘lovchilar o‘zlarini Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari deb tanishtirib, Tojikiston Respublikasi hududida bo‘lib, Buyuk Britaniya fuqarolarining qalbaki milliy pasportini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Respublikasini tark etish niyatida bo‘lgan, biroq «Toshkent» aeroporti immigrasiya xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV TXTBB TB tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi, 2-qismi, «b» bandi, 228-moddasi, 3-qismi, 25-223-moddasi, 2-qismi, «b,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!