Toshkent viloyatida yuk avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida yuk avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 6 oktyabr kuni soat 03:00 larda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanidan o‘tgan 4R2 “Toshkent-To‘ytepa” avtomobil yo‘lining 20-kilometrida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi hamda haydovchi 1986 yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Shuningdek, hodisa joyidan harakatlanib o‘tayotgan yengil avtomobillar haydovchilarining e’tiborsizligi oqibatida oldinma-ketin yengil to‘qnashuv ham sodir bo‘lgan.

To‘qnashuvlar natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!