Toshkent viloyati IIBB Kinologiya bo‘limi xizmat itlari yordamida 50 ortiq jinoyatlar fosh etildi

Toshkent viloyati IIBB Kinologiya bo‘limi xizmat itlari yordamida 50 ortiq jinoyatlar fosh etildi

Toshkent viloyati hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hamda fosh etilishida nafaqat sohaviy xizmat xodimlari balki xizmat itlarining ham alohida o‘rni bor.

Bugungi kunda viloyat IIBB JXX JTSB Kinologiya bo‘limi hisobida mavjud xizmat itlarining 22 tasi iz-qidiruv, 4 tasi portlovchi moddalarni qidirib topish, 18 tasi giyohvand moddalarni qidirib topish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlarga biriktirilgan bo‘lib, ular maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan holda xizmat qilib kelmoqda.

Bundan tashqari, viloyat hududidagi kriminogen vaziyat va psixotrop moddalarni aniqlashga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, bir nechta xizmat itlari psixotrop va sintetik moddalarni qidirib topish bo‘yicha qayta tayyorlanib, muntazam YPX maskanlariga xizmatga jalb qilindi. Natijada ushbu moddalar bilan bog‘liq holatlarni qayt etish, aniqlash bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi.

Xususan, kinologiya xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xizmat itlari ishtirok etishi lozim bo‘lgan jinoyat joylariga xizmat itlari olib chiqilib, ular ishtirokida 32 ta o‘g‘irlik, 21 ta giyohvand moddasi bilan bog‘liq jinoyat fosh etilishiga erishilgan. Voqea joyidan 2 279 gr giyohvandlik moddalari daliliy ashyo sifatida olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!