Toshkent va Qo‘qonda katta miqdorda dori vositalarini noqonuniy sotganlar qo‘lga olindi

Toshkent va Qo‘qonda katta miqdorda dori vositalarini noqonuniy sotganlar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tekzor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro D.N. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro B.ga tegishli hujjatlari bo‘lmagan jami 1 900 dona “ENDOKARD 50 ml” nomli dori vositasini 133 mln so‘mga sotishga kelishib, 12 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, fuqaro O.X. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, D.N.ga tegishli yana 10 dona “ENDOKARD 50 ml” nomli hamda 58 dona “SERGO 100 ml” nomli dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “To‘qqizbuloq” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro F.N. yashash xonadonida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 420,9 mln so‘mlik 9 turdagi dori vositalarini sotish uchun saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!