Bugun yurtimizda 210 ta oliygoh, 330 ta kasb-hunar maktabi, qariyb 400 ga yaqin kollej va texnikumlar yoshlarga o‘zlari tanlagan sohalari bo‘yicha yetuk kadr va malakali mutaxassis bo‘lish uchun imkoniyat maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish 42 foizga yetkaziladi. Talabalar sonining ortib borishi yaxshi, albatta. Ammo bu o‘sish parallel ravishda talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun sharoit yaratish, eng birinchi navbatda, uyidan olisda tahsil olishni maqsad qilganlar uchun turar joylar tashkil qilish vazifasini o‘rtaga qo‘yadi.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nazokat Abduqunduzova bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:
– Aholi o‘ta zich joylashgan hududlarda talabalarni turar joy bilan ta’minlash hamisha dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan. Aynan mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida mavjud ichki imkoniyatlardan foydalangan holda qo‘shimcha turar joylar yaratish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, hozirda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan talabalarni turar joylar bilan ta’minlash bo‘yicha respublika miqyosida 38 ming o‘rinli 83 ta talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida 23 ming 494 o‘rinli 50 ta, oliygoh va byudjet mablag‘lari va oliygohlarning to‘liq o‘z mablag‘lari hamda investisiya dasturi doirasida 10 ming 660 o‘rinli 21 ta talabalar turar joylari qurilishi uchun zarur mablag‘lar ajratildi.
2023 yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha 18 ming o‘rinli talabalar turar joylarini foydalanishga topshirish vazifasi belgilangan va yil yakuniga qadar ular to‘liq qurib bitkaziladi. 2023 yil 1 iyul holatiga 4 ming 702 o‘rinli 12 ta talabalar turar joylari foydalanishga topshirildi. Ayni paytda 24 ming 394 o‘rinli 51 ta talabalar turar joylari qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda. Joriy yilning sentyabr oyida, ya’ni, yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar respublika bo‘yicha jami 6 ming 400 o‘rinli 11 ta talabalar turar joylari foydalanishga topshiriladi.
Ijara uylariga bo‘lgan ehtiyoj eng yuqori bo‘lgan va yangi o‘quv yili boshida muammo yuzaga keladigan shahar Toshkent shahri sanaladi. Toshkent shahrining o‘zida 50 mingdan ziyod talabaning turar joyga ehtiyoji mavjud. Ayni paytda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida jami 272 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 159 ming 732 nafari kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydi. Ushbu talabalarning 68 ming 400 nafari yoki 43 foizi o‘z uyi va yaqin qarindoshlari uyida istiqomat qiladi.
Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasi hududida jami 3 ta, 1 ming 800 o‘rinli talabalar turar joylari qurilmoqda. Sentyabr oyining birinchi o‘n kunligida talabalar turar joylarini tarqatish, taqsimlash jarayonida navbatlar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida belgilangan tartib va mezonlarga muvofiq yuqori kurs talabalariga yotoqxonalar oldindan (1-bosqich talabalariga TTJdagi o‘rinlarning 60 foizini saqlab qolgan holda) taqsimlandi. Shu tartibda, barcha kurslar bilan qo‘shib hisoblaganda Toshkent shahrida 42 ming 300 nafar yoki 27 foiz talaba mavjud 100 ta talabalar turar joylariga joylashtiriladi.
Tayyorlangan yotoqxonalar yong‘in xavfsizligi, qishga tayyorgarlik darajasi, liftlari (mavjud bo‘lsa) sozligi va sertifikasiyalanganiga alohida urg‘u berilishi lozimligi belgilangan. Universitet hududlarida talabalarni yotoqxonalar va ijara uylariga joylashtirish markazlarini yo‘lga qo‘yish, ularda lider talabalar hamda tyutorlarning faoliyatini tashkil qilishga kelishib olingan.
Alohida qayd etishim lozimki, hozirda 48 ming 976 nafar talaba (30 foiz) turar joylarga muhtoj bo‘lib, ular ijara shartlari asosida xususiy xonadonlarda yashashiga to‘g‘ri keladi. Tyutorlar orqali ushbu talabalar bilan suhbatlashilganda, 23 ming 774 nafar talaba (2, 3, 4-kurslar) Toshkent shahrida ijara xonadoni mavjud ekanligini ma’lum qilgan. Ularning aksariyati avvaldan yashab kelayotgan ijara uylarini saqlab qolishgan yoki oldindan ijara uylarini band qilib qo‘yishgan.
Ijara xonadonlariga joylashishga muhtoj bo‘lgan, ya’ni yotoqxonadan joy berilmagan, o‘z uyi, yaqin qarindoshi mavjud bo‘lmagan va ijara xonadoni ham aniq bo‘lmagan talabalar 25 ming 202 nafarni tashkil etmoqda. Ana shu tahlillardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalarida barcha tyutorlarni to‘liq jalb qilgan holda, mahalla raislari bilan hamkorlikda bo‘sh turgan ijara xonadonlarini topish ishlari amalga oshirildi. Uy egalari bilan birma-bir suhbatdan keyin jami 8 ming 438 ta ijara xonadonlarining manzilli ro‘yxati shakllantirildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur xonadonlarga 24 ming 254 nafar talabani joylashtirish imkoni mavjud.
Qolgan 948 nafar talabaga qo‘shimcha ijara uylarini topish ishlari davom etmoqda. Ayni paytda bo‘sh turgan ijara xonadonlari to‘g‘risidagi manzilli ro‘yxat barcha talabalarga yetkazilmoqda. Ijara xonadonlariga joylashgan talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish ishlari ham yangi tartibda to‘lab beriladi. Oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi belgilab qo‘yildi.
Talabalar yotoqxonaga imtiyozli va umumiy ro‘yxat mezonlari bo‘yicha ketma-ketlikda, navbat asosida joylashtiriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
Эстония ҳарбий-денгиз кучлари ва НАТО авиацияси Болтиқ денгизида Россия портига йўл олган Габон байроғи остидаги нефть танкерини қўлга олишга уриниш қилди. Воқеа Фин қўлтиғи сувларида юз берди.
Ахios: Трамп Путин унга урушни якунлаш учун реал шартларни баён этишгага ваъда берганини айтиб, Россияга нисбатан янги санкциялар жорий этишдан воз кечди
Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.
Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан ички ишлар органлари билан ҳамкорликда синтетик гиёҳвандлик воситалари айланмасига чек қўйишга қаратилган тезкор тадбир ўтказилди.
Кёдо агентлиги хабарига кўра, бўш турган лавозимга аҳоли орасида машҳур бўлган ёш сиёсатчи, собиқ бош вазир Жуничиро Коидзумининг ўғли Синдзиро Коидзуми тайинланади.
“Репорт” нинг хабар беришича , ташкилот сайтидаги овоз бериш жараёнининг транслятсиясига кўра, йиғилишда қатнашган 124 нафар иштирокчи давлат келишувни ёқлаб, 0 нафари қарши овоз берган. 11 давлат, жумладан Исроил, Эрон, Италия, Полша, Россия ва Словакия бетараф қолди. Шартномани маъқуллаш учун 83 овознинг кўпчилик овози керак эди.
“Репорт” нинг хабар беришича , армия матбуот хизмати баёнотига кўра, “Темир излар” 401-зирҳли бригадасининг жанговар муҳандислик батальонида хизмат қилган 22 ёшли сержант Ёзеф Еҳуда Хирак ҳалок бўлган.
АҚШ молия вазири Скотт Бессент CNN телеканалидаги интервюсида президент Доналд Трамп томонидан жорий этилган янги божлар ва уларнинг истеъмолчиларга таъсири ҳақида фикр билдира туриб, Walmart каби йирик чакана савдо тармоқлари божлардан келиб чиқадиган харажатларнинг бир қисмини ўз зиммасига олиши, аммо бу маҳсулот нархларининг ошишига олиб келиши мумкинлигини таъкидлади.
Нашрнинг ёзишича, Москва ҳозирда Истанбулдаги музокараларнинг энг кам натижасига ҳам рози бўлиши мумкин. Чунки Россиянинг ҳозирги тактикаси АҚШни ҳаддан ташқари ғазаблантирмаслик учун тинчлик жараёнига тайёрлигини кўрсатишдан иборат.
Нашр мухбири маълумот беришича, Истанбулдаги музокараларда Россия делегацияси, жумладан Владимир Мединский, Украина томонига Харкив ва Суми областларини босиб олиш билан таҳдид қилган.
АҚШ 2025 йил охирига қадар Европа қитъасидаги ҳарбий контингентини қисқартириш бўйича музокараларни бошлайди. Бу ҳақда НАТОдаги АҚШ доимий вакили Мэттю Уитакер маълум қилди.
АҚШ президенти Доналд Трамп Саудия Арабистони, Қатар ва Бирлашган Араб Амирликларига (БАА) қилган ташрифлари натижасида Америка иқтисодиётига 12-13 триллион доллар миқдорида сармоя киритиш бўйича келишувларга эришилганини маълум қилди.
Нодавлат ташкилот ҳисоботига биноан, 2022 йил 24 февралдан буён Россия қуролли кучлари Украинанинг 25 та меҳмонхонасига 31 марта ҳужум қилган. Ушбу меҳмонхоналар асосан фронт чизиғига яқин ҳудудларда - Харков, Донетск, Днепропетровск, Одесса ва Киевда жойлашган.
Сотувчи М.О. фуқаро Р.М.га кучли таъсир қилувчи дори воситасини шифокор рецептисиз сотган вақтида ушланиб, ундан 13 турдаги дори воситалари ва тиббий буюмлар ашёвий далил сифатида олинган.
Президент Маҳмуд Аббос таъкидлашича, мамлакат ичкариси ва ташқарисидаги фаластинлик қочқинлар сони 7 миллион кишига етди. Бу ҳақда WAFA агентлиги хабар берди.
ТИВ матбуот котиби Георгий Тихий шундай деди: Путин Зеленский билан Истанбулда учрашиш ва урушни тўхтатиш бўйича жиддий музокара ўтказиш ўрнига, Россиядан фақат шахсий ҳақоратлар эшитилмоқда.
Европа Иттифоқи Ҳарбий қўмитаси раҳбари Роберт Бригер маълум қилишича, ҳозирда Европа Иттифоқида Россия нефтини ташиётган танкерларни ушлаб қолиш операциясини бошлаш учун етарли ресурслар мавжуд эмас.
Бу ҳақда Россия туроператорлари ассоциацияси директори Майя Ломидзе “Марказий Осиёга Uzbekistan Airways қанотларида” биринчи йиллик форумида айтиб ўтди.
Украина президенти Володимир Зеленский Россия назоратидаги вақтинча оккупация қилинган ҳудудлар бўйича ҳеч қандай юридик тан олиш бўлиши мумкин эмаслигини қатъий таъкидлади.
Швейцариянинг Кёниц коммунасида тезликни оширган ўрдак йўл камерасига тушиб қолди. Berner Zeitung нашри ёзишича, ҳудудда бундай ҳолат биринчи марта содир бўлаётгани йўқ.
Эстония ҳарбий-денгиз кучлари ва НАТО авиацияси Болтиқ денгизида Россия портига йўл олган Габон байроғи остидаги нефть танкерини қўлга олишга уриниш қилди. Воқеа Фин қўлтиғи сувларида юз берди.
Сўнгги ойларда Франция ва Европада криптовалюта бизнесининг таниқли шахслари ва уларнинг оила аъзоларини ўғирлаш ёки ўғирлашга уринишлар ҳақида хабарлар кўпаймоқда.