Toshkent metrosida Face Pay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent metrosida Face Pay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent metropolitenida Face Pay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Face Pay texnologiyasi dastlab “Buyuk Ipak yo‘li” bekatida sinovdan o‘tkazilmoqda.
“Metro foydalanuvchisi o‘z yuzini skanerlashi va uni transport yoki bank kartasi ma’lumotlari bilan birga ma’lumotlar bazasiga kiritishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng yo‘lovchi shunchaki validatorga qarab yo‘l haqini to‘lashi mumkin”, - deyiladi ATTO kompaniyasi xabarida.

Ta’kidlanishicha, jamoat transportida UZCARD, HUMO, VISA, MasterCard, UPI, MIR kontaktsiz bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish tizimi joriy etilgan.
2022 yilda Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Farg‘ona va Namanganda yo‘l haqini yig‘ishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni rejalashtirilmoqda.
Moskvada 15 oktyabrdan metroning barcha bekatlarida Face Pay tizimi ishga tushirilgandi. Shu tariqa Moskva bu tizim bunchalik keng ko‘lamda ishga tushgan dunyodagi birinchi shahar bo‘lgan. Chunki Moskva metrosi 240 dan ziyod bekatdan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!