Toshkent hokimiyati 1 mlrd so‘mga prezident portretlarini sotib olgan

Toshkent hokimiyati 1 mlrd so‘mga prezident portretlarini sotib olgan

Toshkent hokimining boshqaruv apparati 4965 dona prezident portretlarini sotib olgan. Ularning umumiy qiymati 999,05 mln so‘mga teng. Bu haqda ma’lumotlarni Davlat xaridlari portaliga yuklangan hujjatda ko‘rish mumkin. Bloger Otabek Bakirov bunga e’tibor qaratdi. Bu haqda "gazeta.uz" yozmoqda.

2020 yil 19 maydagi shartnomaga ko‘ra, portretlar Kolorpak kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Buyurtmaga ko‘ra, har biri 200 ming so‘mlik 2894 dona 59×71lik portret (jami 665,6 mln so‘m), hamda 2071 dona 49×42lik portret (jami 333,4 mln so‘m) sotib olingan.

«Gazeta.uz» avvalroq Kolorpak'ning iyun oyida yangi «Ta’lim» darsligining 6 million nusxasini va informatika bo‘yicha 2 million nusxasini nashr etish bo‘yicha bosh pudratchisiga aylangani haqida xabar bergan edi. Kompaniya shartnomani o‘quv yili boshlanishidan 2,5 oy oldin qabul qildi va bu bilan boshqa noshirlar bilan tuzilgan shartnomalar o‘zgartirildi.

Toshkent hokimiyati 1 mlrd so‘mga prezident portretlarini sotib olgan

Korxonalar va tashkilotlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yagona davlat reestridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Kolorpak matbaa uyi 2004 yil may oyida ro‘yxatga olingan. Daryo.uz e’tibor qaratganidek, 2018 yilda Kolorpak Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Yangi Shahar ko‘chasi 1A uyida sobiq bosmaxona tashkilotlari bino va inshootlarini sotib olgan. Bino UNICON.uz davlat unitar korxonasi tomonidan Kolorpak kompaniyasiga «nol» qiymatdagi narxda, 15 million yevro, shuningdek, 5 milliard so‘m investisiya kiritish va 200 yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan topshirildi.

Kompaniyaning ta’sischilari — Shuxrat Yoqubjonovich Axmedov (50%), Ismoil Irkinovich Isroilov (25%) va Abror Axrolovich G‘aniyev (25%). Xuddi shunday ulushlarda ular ZO’R TV teleradiokompaniyasiga ham egalik qilishadi.

Shuhrat Ahmedov «Vodiy sadosi» radiostansiyasining raisi bo‘lib, «Tasvir» nashriyot uyining («Tasvir» jurnali, «Optovik» haftaligi) 65 foiz, doimiy tarzda nashrlar va jurnallar chiqaradigan East Star Media ning 33 foiz ulushiga egalik qiladi (boshqa asoschilar — Firdavs Abduxoliqov, Baxtiyor Fozilov va Timur Rasulov). 2018 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Abror G‘aniyev Akfa kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi hisoblanadi, shuningdek u «Adolat» partiyasining siyosiy kengashiga a’zo bo‘lgan.

Ismoil Isroilov Whitecity Construction, High Land City, Technologi De Lavenir, Pro FM, Discover-Invest, Durable Beton, Techno Logistic Construction, Crystal Paint, Master Pack va boshqa kompaniyalarda ulushlarga ega. U ilgari Akfa Engineering and Management direktori va direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!