Toshkent aeroportida kuzatuvchilar terminalga kirishiga vaqtinchalik cheklov joriy etildi

Toshkent aeroportida kuzatuvchilar terminalga kirishiga vaqtinchalik cheklov joriy etildi

Toshkent xalqaro aeroportida terminalga kuzatuvchilarning kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ziyoratchilarning Haj safariga jo‘nab ketishi va Hajdan qaytib kelishi, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan amalga oshirilmoqda.

Terminal binosi va terminal oldi hududlarda tirbandliklar hamda tiqilinch holatlarning oldini olish maqsadida cheklovlar joriy yil 31 iyuliga qadar amal qiladi.

Ma’lum qilinishicha, estakadaga chiqish avtomobillar va avtobuslar uchun ochiq.

Ma’lumot uchun, taksilar, sayyohlik avtobuslari va chet el delegasiyalari transporti uchun estakadada harakatlanishga ruxsat etiladi.

Estakada bo‘ylab terminalga o‘tish qoidalari quyidagicha:

  • estakada o‘ng tomondagi chizig‘i sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun, chap tomondagi chizig‘i esa taksilar uchun mo‘ljallangan;
  • taksilar uchun estakadada yo‘lovchilarni olish/tushirish vaqti 5 daqiqadan, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqadan oshmasligi kerak;
  • estakada o‘ng va chap chiziqlarini ajratib turadigan sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va jarima to‘lanishini nazarda tutadigan qoidabuzarlik hisoblanadi.

Estakadada bir vaqtning o‘zida 30 ta yengil avtomobil yoki turistik avtobuslarni hisobga olgan holda, 17 ta avtomobil joylashishi mumkin


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!