“Torino”, “Lill”, “Bayer” va “Valyadolid” Shomurodovga da’vogarlik qilmoqda

“Torino”, “Lill”, “Bayer” va “Valyadolid” Shomurodovga da’vogarlik qilmoqda

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli o‘zbekistonlik futbolchiga “Torino”, “Kremoneze”, “Spesiya”, “Lill”, “Bayer” va “Valyadolid” da’vogarlik qilmoqda. Rim klubi futbolchi uchun 13-14 million yevro olmoqchi.

Shomurodov joriy mavsumda 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali futbolchini 7 million yevroga baholamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!