Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni yana haqorat qildi

Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni yana haqorat qildi

Amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson yana bir bor Habib Nurmagomedovni haqorat qildi.

So‘nggi yillarda sportchilar o‘rtasida kutilgan jang besh marta bekor qilingandi. 24 oktyabr kuni Nurmagomedov amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratib, faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Toni Fergyuson esa instagramdagi sahifasida Habib bilan birgalikdagi fotosuratini joylab, "Tez orada ko‘rishguncha, qovoq kalla" ("See you soon fat head"), – deb yozib qoldirdi.

Ayni paytda Toni UFC yengil vazn toifasida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Avvalroq Fergyuson ushbu toifada vaqtinchalik chempionlik kamariga ega edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!