Tong tabassumi!.. (43-qism)

Tong tabassumi!.. (43-qism)

Muallima o‘quvchidan so‘radi:

— Tasavvur qil, shimingning bir cho‘ntagida ming so‘m, ikkinchi cho‘ntagida uch ming so‘m bor. Xo‘sh, bu nima degani?

— Birovning shimini kiyib olibman degani.

 

*** 

— O‘g‘lim, maktabni tugatganingdan so‘ng albatta vrachlikka o‘qigin!

— Dada, bu nima deganingiz? Men, axir, pashshaniyam o‘ldira olmayman-ku!

 

***

Sichqon hammayog‘i tirnalgan, loyga botgan holda uyiga qaytib, oila a’zolariga dedi:

— Odamlar “Qora mushuk yo‘lingni kesib o‘tsa, baxtsizlik yuz beradi” deb bekorga aytishmas ekan.

 

***

Mushuk tanishiga dedi:

— Iltimos, qarzga ikki-uchta sichqon berib tur! Bizning ombor yopiq ekan. Aks holda mushukchalarim och qolishadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!