“Tolibon” yana afg‘on polisiyachilariga hujum qildi. 30 ga yaqin harbiylar halok bo‘ldi

“Tolibon” yana afg‘on polisiyachilariga hujum qildi. 30 ga yaqin harbiylar halok  bo‘ldi

Afg‘oniston janubida «Tolibon» harakatining nazorat-o‘tish punktlariga hujumi oqibatida 28 nafar polisiyachi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Al-Jazira”. 

O‘ruzgon viloyati hokimligi matbuot kotibi Zalgay Obidiyning ma’lum qilishicha, polisiyachilarni o‘rab olgan toliblar avvaliga ularga ketishlari mumkinligini aytgan. Biroq keyin qurollarini olib qo‘yib, o‘zlarini otib tashlagan.

“Tolibon” vakili Qori Muhammad Yusuf Ahmadiy esa polisiyachilar taslim bo‘lishni istamaganidan keyin hujum uyushtirilganini bildirdi. 

Yakshanba kuni 14 nafar askar va polisiyachi “Tolibon” hujumi oqibatida halok  bo‘lgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy oy boshida Qatar poytaxti Dohada Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakat o‘rtasida uzoq kutilgan tinchlik muzokaralari boshlandi. Tomonlar kun tartibini belgilab olish uchun bir haftadan ortiq vaqt sarfladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!