Tolibon* delegasiyasi Sardor Umurzoqov bilan uchrashuv o‘tkazdi

Tolibon* delegasiyasi Sardor Umurzoqov bilan uchrashuv o‘tkazdi

Tolibon* O‘zbekistonda muzokaralarni davom ettirmoqda

Tolibon* tashqi ishlar va moliya vazirlari Amirxon Muttaki va Hidoyatulloh Badriy O‘zbekiston prezidenti Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzoqov bilan uchrashuv o‘tkazib, tranzit, temir yo‘l qurilishi va qishloq xo‘jaligi masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Sputnikaf xabar qildi.

O‘zbekiston tomoni Tolibon*ga chorva veterinariyasi bo‘yicha yordam beradi, Transafg‘on temir yo‘li yo‘nalishida esa ekspeditorlik ishlari hafta boshidan boshlanadi.

Shuningdek, “Tolibon” vakillari Afg‘oniston bilan chegaradosh Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Bundan oldin "Tolibon"* tashqi ishlar va moliya vazirlari Amirxon Muttaki va Hidoyatulloh Badriy Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlog‘ida joylashgan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdi.

Toliblar Samarqanddagi masjidlaridan birida juma namozini o‘qishdi

* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!