“Tolibon” davlat idoralarida ishlovchi ayollar oyligini tenglashtirdi

“Tolibon” davlat idoralarida ishlovchi ayollar oyligini tenglashtirdi

“Tolibon” davlat idoralarida ishlaydigan ayollarning oyligini lavozimidan qat’i nazar 5 ming afg‘oni (salkam 900 ming so‘m) etib belgiladi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.

Davlat xizmatida ishlovchi ayollar va o‘qituvchilar maoshlarining qisqarishi og‘ir iqtisodiy muammolarga olib kelishi, bolalar och qolishini ta’kidlamoqda. Ayollar “Tolibon”ning 5 ming afg‘oni to‘lash haqidagi qarorini “adolatsizlik” deb atagan va “Tolibon” rahbarining buyrug‘i ayollarga nisbatan “jiddiy ta’qib” ekanini bildirgan.

Bir hafta oldin “Tolibon” yetakchisi avvalgi hukumatda ishlagan va hozir ham faoliyat yurituvchi ayollarning maoshini 5 ming afg‘oni etib belgilash to‘g‘risida farmoyish chiqargandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!