Tolibon Berlin bilan Germaniyadagi afg‘onlarni o‘z vatanlariga deportasiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqchi

Tolibon Berlin bilan Germaniyadagi afg‘onlarni o‘z vatanlariga deportasiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqchi

Bu haqda BILD xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakatda terrorchilik xavfini yuzaga keltiradigan afg‘onistonlik va suriyalik muhojirlar o‘z yurtlariga deportasiya qilinishi haqida e’lon qilgan edi. Avvalroq Germaniya xavfsizlik masalasidagi muammolar tufayli ushbu mamlakatlarga deportasiya qilishni to‘xtatgan edi.

Tolibonning Tashqi ishlar vazirligi "afg‘on fuqarolarining Germaniyadan deportasiya qilinishi jarayonini kuzatib borayotganini" ma’lum qildi va Berlinga bu masalani “diplomatik kanallar orqali” hal qilishni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!