Tokioda O‘zbekiston va Yaponiya vazirlari uchrashdi

Tokioda O‘zbekiston va Yaponiya  vazirlari uchrashdi

29 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Tokio shahrida Yaponiyaning ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri Masaxito Moriyama bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida qo‘shma ilmiy loyihalar dasturlarini hamkorlikda amalga oshirish masalasini muhokama qildilar. Mazkur dasturlarni har ikki mamlakat teng ulushda moliyalashtirish taklif etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston yosh tadqiqotchilari uchun Yaponiyaning yetakchi ilmiy muassasa va laboratoriyalarda stajirovka o‘tashlari bo‘yicha fikr almashildi. Shu o‘rinda shu kunga qadar 1650 nafarga yaqin magistr va PhD ilmiy unvoniga yosh tadqiqotchilar Sakura Science hamda SATREPS loyihalari doirasidagi akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etganlari qayd etildi. Bu sohada ishlarni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Yaponiya universitetlarini jalb qilish, qo‘shma dasturlarni yaratish masalasi ham uchrashuv kun tartibidan o‘rin egalladi. Uchrashuv davomida Yaponiyaning yetakchi universitetlarining O‘zbekistonda filiallarini ochish, ta’lim jarayonlariga yapon professorlarini jalb qilish va yetakchi universitetlari o‘quv dasturini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi

Suhbat so‘ngida tomondan innovasion startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik masalalariga to‘xtab o‘tdilar. Bu bordagi yapon tajribasini O‘zbekistonga tatbiq qilish masalasi istiqbollari to‘g‘risida so‘z yuritilarkan, ekologiya, yashil iqtisodiyot, global iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ekani qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!