Tojikistonning ikki fuqarosi Haj ziyorati vaqtida vafot etdi

Tojikistonning ikki fuqarosi Haj ziyorati vaqtida vafot etdi

Saudiya Arabistonida Haj ziyorati chog‘ida Tojikistonning ikki fuqarosi vafot etdi.

Vafot etganlar Isfara shahrida yashovchi 62 yoshli Muhammad Rasulov va Qubodiyon tumanida yashovchi 64 yoshli Qizlargul Tojiyevalardir.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tojikistonlik ziyoratchilarga hamrohlik qiluvchi bosh shifokor To‘raxon Sharifzodaga tayangan holda ma’lum qilishicha, ikkalasining ham o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Tojikistonlik ziyoratchilarning ikkalasi ham yurak xurujidan vafot etgan. Ularning dafn marosimi Masjid-ul-Harom masjidida bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, qolgan tojikistonlik hojilar sog‘-salomat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!