Tojikiston delegasiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tojikiston delegasiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Toshkentda 14-15 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining Matbuot xizmati xabar berdi. 

☑️ Shu munosabat bilan, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegasiya 14 may kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi.

🔸Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat ob’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.

🔘Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!