Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada yangi harbiy tog‘ poligoni qurmoqchi

Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada yangi harbiy tog‘ poligoni qurmoqchi

Tojikiston Mudofaa vazirligi Afg‘oniston bilan chegaraga yaqin joyda yangi tog‘ poligonini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, respublika prezidenti Emomali Rahmonning shaxsan imzolagan farmoni shundan dalolat beradi. Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatining Shug‘non tumani hududida, dengiz sathidan 2,5 ming metrdan ortiq balandlikda joylashgan ob’ekt uchun 1 ming gektardan ortiq maydon ajratilgan.

Ushbu poligonning maqsadi haqida hech narsa ma’lum emas, biroq Tojikiston harbiy departamentining Afg‘oniston chegaralari yaqinida Xatlon viloyatida yana ikkita harbiy ob’ekti bor: Ko‘lob shahri yaqinidagi Mo‘mirak va Shahristus viloyatidagi Xarbmaydon. Bundan tashqari, “Faxrobod” va “Lyaur” poligonlari Dushanbe yaqinida, 201-Rossiya harbiy bazasi esa Boxtardan shahridan 30 kilometr uzoqlikdagi Sambulida joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!